HUQUQSHUNOSLARNI KASBIY TAYYORLASHDA NARRATIV YONDASHUV: BADIIY MATN IMKONIYATLARI
##semicolon##
badiiy adabiyot, huquqiy tafakkur, nofilologik oliy o‘quv yurti, huquqshunos talabalar, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy ko‘nikmalar, savodli nutq, dunyoqarash##article.abstract##
Yuridik kadrlarni tayyorlash sifatiga qo‘yilayotgan talablar ortib borayotgan sharoitda bo‘lajak huquqshunoslarning huquqiy tafakkurini shakllantirishning samarali vositalarini izlash alohida dolzarblik kasb etmoqda. Badiiy adabiyot shaxs kamoloti, dunyoqarashi va intellektual salohiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi vositalardan biridir. Mazkur maqolada yuridik fakultetlar talabalarining huquqiy tafakkurini shakllantirishda rus klassik adabiyotining o‘rni tadqiq etilgan. Tadqiqotning metodologik asosini kompetensiyaviy, narrativ, germenevtik va qiyosiy-taqqoslash yondashuvlari tashkil etgan; tahlil, sintez, kontent-tahlil, badiiy matnlarni talqin qilish va ilmiy umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Badiiy matnlarga murojaat qilish orqali talabalarning tahliliy va tanqidiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar hamda ta’lim metodlarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida rus klassik adabiyoti asarlari bo‘lajak huquqshunoslarning lisoniy, tahliliy va axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda ulkan imkoniyatlarga ega ekanligi aniqlangan. Bu asarlar huquqiy dalillar keltirish ko‘nikmalarini shakllantirishga, murakkab matnlarni sharhlashga hamda inson xatti-harakatlari sabablarini tushunishga yordam beradi. Maqolada huquqiy vaziyatlarni modellashtirish va talabalarning kasbiy huquqiy ongini rivojlantirishda narrativ yondashuvdan foydalanish samaradorligi asoslab berildi. Huquqshunoslarning kasbiy madaniyati va huquqiy tafakkurini shakllantirishning muhim vositasi sifatida badiiy adabiyotni kasbiy tayyorlash tizimiga integratsiya qilish maqsadga muvofiq, degan xulosaga kelindi.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
##submission.citations##
Arutyunova, N. D. (1999). Yazyk i mir cheloveka [Language and the Human World]. Languages of Russian culture.
Dostoevskiy, F. M. (1981). Prestuplenie i nakazanie [Crime and Punishment]. Nauka.
Jabbarova, S. (2018). Znachenie obrazovaniya i vospitaniya v istorii Sredney Azii [The Importance of Education and Upbringing in the History of Central Asia]. Modern Research, 5(9).
Krylova, N. A. (2019). Yazyk i stil A. S. Pushkina [The Language and Style of A. S. Pushkin]. Nauka.
Leontyev, A. N. (1983). Nekotorye problemy psikhologii iskusstva [Some Problems of the Psychology of Art]. In Izbrannye psikhologicheskie proizvedeniya [Selected Psychological Works] (Vol. 2, pp. 232–239). Pedagogika.
Pushkin, A. S. (1984). Kapitanskaya dochka [The Captain’s Daughter]. Nauka.
Petrova, I. A. (2023). Nauchnaya identichnost v usloviyakh globalizatsii [Scientific Identity in the Context of Globalization]. Nauka.
Toporov, V. N. (2003). Peterburgskiy tekst russkoy literatury: izbrannye trudy [The Petersburg Text of Russian Literature: Selected Works]. Iskusstvo-SPB.
Fattakhova, A. (2023). Neorealizm v russkom literaturovedenii nachala XXI veka [Neorealism in Russian Literary Studies at the Beginning of the 21st Century]. Star of the East, (1), 106–109.
Khrolenko, A. T. (2005). Osnovy lingvokulturologii [Foundations of Linguoculturology]. Nauka.
Nurmukhamedov, A. N. (2008). Russkiy yazyk v Uzbekistane: sotsiolingvisticheskiy aspekt [The Russian Language in Uzbekistan: A Sociolinguistic Aspect]. Fan.
Kamilova, S., Fattakhova, A., Egamberdieva, G. M., Fayzieva, M., & Yuldasheva, N. (2024). The image of the “average human” in modern literature (on the example of Alisa Ganieva’s works). Interdisciplinary Literary Studies, 26(2), 198–215. https://doi.org/10.5325/INTELITESTUD.26.2.0198
Khashimova, D., Niyazova, N., Fattakhova, A., Matenov, R., & Nasirova, U. (2026). The importance of syntax and grammar in conveying the author’s intent in fiction texts. Notebooks of Philological Research, 59, 377–402. https://www.scopus.com/pages/publications/105033764990?origin=resultslist
Mirziyoyev, Sh. M. (2020, June 12). Uchenyye – zolotoy fond nashey strany [Scientists are the gold pool of our nation]. Press Service of the President of the Republic of Uzbekistan. https://president.uz/ru/lists/view/3646
Mirziyoyev, Sh. M. (2021, January 31). Esli by ne pogubili dzhadidov, seychas u nas byl by chetvyortyy renessans [If the Jadids had not been destroyed, we would have a ‘fourth renaissance’ now]. Kun.uz. https://kun.uz/ru/news/2021/01/31/yesli-by-ne-pogubili-nashix-predkov-s-ix-znaniyami-i-naukoy-mojno-bylo-by-sovershit-velikiye-otkrytiya-shavkat-mirziyoyev



